Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada Makron siyosati va qimmatchilikka qarshi ommaviy namoyishlar yana avj oldi

Fransiyada Makron siyosati va qimmatchilikka qarshi ommaviy namoyishlar yana avj oldi

"Figaro" nashrining xabar berishicha, butun Fransiya bo‘ylab narx-navo oshishidan norozi 200 mingga yaqin aholi namoyishga chiqqan.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, minglab fransuzlar yashash xarajatlarining oshishi, past ish haqi va ta’limdagi muammolar sababli ko‘chalarga chiqdi. Namoyishchilarning bir qismi mamlakat prezidenti Makronning iste’fosini talab qildi.

Norozilik aksiyalar Parij, Bordo, Marsel va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Poytaxtda kamida 60 ming nafar namoyishchi ko‘chalarga chiqdi.

Butun mamlakat bo‘ylab tartibni saqlash uchun 70 mingga yaqin polisiyachi va jandarmni jalb qilindi. Fransiya Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, namoyishlarda 120 dan ortiq kishi qo‘lga olindi.

Polisiya aholini tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalanmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:42. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik