11 yanvar kuni Strasburg (Fransiya) markaziy vokzalida ikki poyezd to‘qnashib ketdi, deb xabar berdi BFMTV.
Avariya oqibatida 20 ga yaqin odam jarohatlangan.
Hodisa «Markaziy vokzal» bekatida yo‘l millarini o‘zgartirishdagi xatolik sababli yuz bergan. Qutqaruv xizmatlariga ko‘ra, jabrlanganlar o‘rtacha og‘irlikdagi jarohat olgan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar hamda avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha katta kuch tashlangan.