Fransiya fermerlari hukumatning qishloq xo‘jaligi sohasidagi siyosatiga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Lotin Amerikasi davlatlari o‘rtasidagi «MERKOSUR» savdo kelishuviga qarshi norozilik sifatida yana ish tashlashni rejalashtirmoqda.
O‘tgan dam olish kunlaridan buyon Uaza departamenti fermerlari bir qancha yo‘llarni to‘sishga harakat qilishdi.
Esson departamenti, shuningdek, mahalliy norozilik namoyishlarida Sakle, Yulis, Etap, Morini-Shampini va Overno fermerlari ham ishtirok etishini e’lon qildi.
Esson prefekturasining xabar berishicha, yakshanba kuni soat 17:00 dan boshlab RN118 yo‘lida Parij yo‘nalishida harakat to‘xtatilgan.
Ish tashlash tashkilotchilaridan biri FNSEA kasaba uyushmasi Fransiyaga xorijiy mahsulotlar importiga qarshi. Yakshanba kuni FNSEA prezidenti Arno Russo mahalliy OAVga Fransiyaning 80 departamentida 82 ta norozilik namoyishi rejalashtirilganini aytdi.
“Ish tashlash dekabr oyining o‘rtalariga qadar davom etadi, biroq yangi yilgacha emas. Fransuz tasturxonida bizning mahsulotlarimiz bo‘ladi. Biz fransuzlarni qishloq xo‘jaligidagi favqulodda vaziyatni guvohi bo‘lishga taklif qilishimiz kerak”, — dedi kasaba uyushmasi vakili.
Juma kuni hukumat fermerlarga kredit berish shartlarini belgilab berdi."Men qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman va yil boshida norozilik bildirgan fermerlarga berilgan barcha va’dalar amalga oshadi", – deb ishontirdi bosh vazir Mishel Barnye. U, shuningdek, Yevropa Ittifoqining MERKOSUR davlatlari bilan tuzilgan savdo bitimiga rozi emasligini aytdi.
O‘z navbatida, Fransiya ichki ishlar vaziri Bruno Reteylo qishloq xo‘jaligi birlashmalari rahbarlarini qabul qilib, ularni “uchta cheklov”dan ogohlantirdi: mulk va odamlarga hujum qilmaslik, yo‘llarni to‘sib quymaslik.