Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Fransiyada dunyoning eng yirik oziq-ovqat bozorlaridan birida yong‘in chiqdi

Fransiyada dunyoning eng yirik oziq-ovqat bozorlaridan birida yong‘in chiqdi

Parijdagi Rungis oziq-ovqat bozorida kuchli yong‘in chiqdi, deya xabar bermoqda “Associated Press”. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Qayd etilishicha, bu dunyodagi eng yirik majmualardan birida 12 mingdan ko‘p odam ishlaydi.

Fransiya poytaxti va shahar atrofidagi hududlarga meva-sabzavot, go‘sht, sut, gul va boshqa mahsulotlar aynan Rungis bozoridan tarqaladi.

Ayni damda qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Mahalliy hukumat yong‘in o‘chirilganini aytgan. Taxminga ko‘ra, olov sabzavot va meva omborida boshlangan.

Kiritildi: 00:46 26.09.2022. O'qildi: 2505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!