14 noyabr kuni Fransiya bo‘ylab o‘tkazilgan norozilik namoyishlarida 106 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Bu haqda BFMTV telekanali mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
"Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan namoyishlarda 106 ming kishi qatnashgan. Ularning 24 ming nafari Parijdagi aksiyalarda ishtirok etgan", — deyiladi xabarda.