Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Fransiya xavfsizlik kuchlarining Yangi Kaledoniyada o‘tkazgan operasiyasi davomida bir kishi halok bo‘ldi

Fransiya xavfsizlik kuchlarining Yangi Kaledoniyada o‘tkazgan operasiyasi davomida bir kishi halok bo‘ldi

Fransiyaning Tinch okeanidagi chet el hududi bo‘lgan Yangi Kaledoniyada namoyishchi polisiya tomonidan otib o‘ldirilganidan keyin sodir bo‘lgan tartibsizliklar qurbonlari soni 12 kishiga yetdi.

Bu haqda France 24 telekanali ma’lum qildi.

"Fransiya xavfsizlik kuchlarining chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi Yangi Kaledoniyada o‘tkazgan operasiyasi chog‘ida bir kishi halok bo‘ldi. Shu tariqa, Fransiyaning Tinch okeani hududidagi to‘rt oylik tartibsizliklar davomida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi", - deyiladi xabarda.

Agentlikning qayd etishicha, voqea xorijdagi hududning ma’muriy markazi Noumea yaqinidagi Sen-Lui qishlog‘ida polisiya va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar vaqtida yuz bergan. Materialga ko‘ra, polisiya yana o‘n nafar namoyishchini qidirishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Parijda Yangi Kaledoniyada 10 yildan ortiq yashovchi shaxslarga mahalliy saylovlarda ishtirok etish uchun ovoz berish huquqini berishni nazarda tutuvchi konstitusiyaviy o‘zgartirish ko‘rib chiqilayotgani sababli aholi norozilik bildirmoqda. Namoyishlar orolning mustaqillik tarafdori mahalliy Kanaki xalqi tomonidan uyushtirildi, ular orolning so‘nggi 20 yil ichida u erga ko‘chib kelgan Yevropa aholisining bir qismiga ovoz berish huquqi berilsa, ozchilikda qolib ketishlaridan qo‘rqishdi.

Kiritildi: 08:58 19.09.2024. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!