Polsha bosh vaziri va Fransiya prezidenti mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik to‘g‘risida yangi shartnoma imzoladi.
Hujjatga Donald Tusk va Emmanuel Makron imzo chekkan.
Polsha bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, shartnoma Yevropa barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tuskning qo‘shimcha qilishicha, Varshava va Parij Ukraina bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.
Shu paytgacha Fransiya va Polsha o‘rtasida 1991 yilda imzolangan do‘stlik shartnomasi amalda bo‘lgan.