Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Fransiya va Italiya Ukrainaga SAMP-T havo mudofaa tizimlarini yetkazib beradi

Fransiya va Italiya Ukrainaga SAMP-T havo mudofaa tizimlarini yetkazib beradi

Fransiya va Italiya shu yilning bahorida Ukrainaga SAMP-T-Mamba zenit-raketa komplekslarini yetkazib beradi, deb yozdi Fransiya qurolli kuchlari vaziri Sebastyan Lekornu Tvitter’da.

Unga ko‘ra, yetkazib berish Italiya mudofaa vaziri Gido Krosetto bilan kelishilgan.

SAMP-T-Mamba - bu ballistik va qanotli raketalarni, shu jumladan radarga qarshi raketalarni, shuningdek, samolyotlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan o‘rta masofali havo hujumidan mudofaa tizimi.

U Aster 30 tutuvchi raketalaridan foydalanadi.

SAMP-T bir vaqtning o‘zida 16 xil havo nishonlarini ura oladi. Ikki ishga tushirish moslamasi juda yuqori tezlikda o‘q otish qobiliyatiga ega, barcha o‘q-dorilarini 10 soniyada qo‘yib yuboradi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Italiya bosh vaziri Mario Dragidan oktyabr oyi boshida Ukrainaga SAMP-T yetkazib berishni so‘radi.

Kiritildi: 18:56 04.02.2023. O'qildi: 2407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!