Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiya va Germaniya yadro masalalari bo‘yicha qo‘shma guruh tuzdi

Fransiya va Germaniya yadro masalalari bo‘yicha qo‘shma guruh tuzdi

Guruh ikki davlat o‘rtasida muloqot va strategik hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun platformaga aylanadi. Tomonlar ta’kidlashicha, bu hamkorlik NATO'ning yadroviy tizimini to‘ldiradi, ammo Germaniyaning alyansdagi yadroviy vazifalariga ta’sir qilmaydi.

Birinchi amaliy qadamlar 2026 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, Germaniya harbiylari Fransiyadagi yadroviy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi, ikki davlat vakillari bir-birining strategik ob’ektlariga tashrif buyuradi.

Shuningdek, Parij va Berlin yadroviy bo‘sag‘adan pastdagi eskalasiyani boshqarish imkoniyatlarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu erta ogohlantirish, havo hujumidan mudofaa va uzoq masofali, yuqori aniqlikdagi zarbalarni ham o‘z ichiga oladi.

2 mart kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat yadroviy qurollari soni va ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishni to‘xtatish rejalarini e’lon qildi. U buni “geosiyosiy o‘zgarishlar davri” bilan izohladi va ittifoqchi davlatlarga yadroviy quroliga ega fransuz samolyotlarini vaqtincha joylashtirishga ruxsat berdi.

AP ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya kamida 1992 yildan beri yadroviy qurollar sonini oshirmagan. Hozirda mamlakatda 290 ga yaqin yadroviy kallak bor bo‘lib, bu Rossiya, AQSh va Xitoydan keyin dunyoda to‘rtinchi o‘rinni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 18:24. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!