Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi ISHIDning yerosti qurol omborlariga havodan zarba berdi.
Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Razvedka Palmira shimolida yer osti inshootini aniqladi, deya aniqlik kiritdi vazirlik. Operasiyada Paveway IV boshqariladigan bombalardan foydalangan RAF Typhoon FGR4 qiruvchi samolyotlari ishtirok etdi.
Dastlabki ko‘rsatkichlar maqsadga muvaffaqiyatli urilganligini ko‘rsatadi. Vazirlik matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, zarbadan tinch aholiga tahdid borligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q va Britaniyaning barcha samolyotlari xavfsiz.