Bu haqda The Wall Street Journal ma’lum qildi.
Nashr ma’lumotlariiga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tinchlikparvar kuchlarni Ukrainaga yuborish imkoniyatini muhokama qilish uchun Parijda o‘nlab davlatlar rahbarlarini yig‘di. Biroq uzoq muzokaralar va Tramp bilan suhbatdan so‘ng hech qaysi Yevropa davlati bu borada rasmiy majburiyatni o‘z zimmasiga olmadi.
Evropa mamlakatlari AQSh Rossiya hujumi holatida ularning kontingentini qo‘llab-quvvatlamasligidan xavotirda. Vashington esa bu tashabbusga nisbatan ehtiyotkor pozisiyani saqlab, hech qanday rasmiy va’da bermagan. Shuningdek, ayrim amerikalik amaldorlar Makronning bu g‘oyasini tanqid qilgani ma’lum qilinmoqda.
Shu bilan birga, Fransiya prezidenti Parijdagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Ukrainaga "tezkor kuchlar" yuborish niyati hanuz saqlanib qolayotganini bildirdi.