Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Fransiya terma jamoasi Mbappe tufayli Argentinaga qarshi o‘yindan voz kechdi

Fransiya terma jamoasi Mbappe tufayli Argentinaga qarshi o‘yindan voz kechdi

Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish g‘oyasiga qarshi chiqdi.

O‘tgan yili Fransiya futbol federasiyasi JCH-2022 finalini "takrorlash" haqida o‘ylagan edi, ammo Mbappe bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamadi. L’Equipe xabariga ko‘ra, hujumchi vaziyatga aralashib, shundoq ham tig‘iz taqvimni hisobga olgan holda, mavsumning eng qizg‘in pallasida ortiqcha ko‘p soatlik parvoz foyda bermasligidan ogohlantirgan. FFF yulduz futbolchining so‘zlariga quloq tutdi va g‘oyadan voz kechdi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 finali o‘sha yilning dekabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tgan edi. Jamoalar 120 daqiqalik o‘yindan so‘ng (3:3) g‘olibni aniqlay olmadi, penaltilar seriyasida esa argentinaliklar aniqroq bo‘ldi. O‘shanda Kilian Mbappe xet-trik qayd etgandi.

Kiritildi: 08:50 05.09.2025. O'qildi: 1004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!