Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Rossiya qo‘shinlari tomonidan qamal qilingan Mariupoldagi gumanitar halokat ko‘lami xalqaro hamjamiyatning zudlik bilan aralashuvini talab qilishini aytdi.
Dohadagi forumda u Mariupoldagi vaziyatni Suriyadagi Aleppo qamaliga qiyosladi, u ham Rossiya va Suriya hukumat kuchlarining operasiyasi davomida deyarli butunlay vayron qilingan.
"Harbiy qamal — bu urush olib borishning dahshatli usuli, chunki tinch aholi qirg‘in qilinmoqda", — deya xulosa qildi u.