Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro 9 may kuni Kiyevga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u LCl telekanalida bayonot berdi.
"Men u yerda albatta bo‘laman", deb va’da berdi Barro.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb yetakchilarini 9 may kuni Kiyevga kelishga chaqirgan edi.
Bundan tashqari, u bu bayonotni Rossiyaning Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligini nishonlashga tayyorlanayotgani fonida aytdi.
Barroga kelsak, u avvalroq Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni joriy etishga chaqirgan.