Uchrashuvda kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani ta’kidlandi.
Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qo‘llab-quvvatlab, yangi biznes yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or tajriba, innovasiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda ko‘maklashishga, buning uchun hozirni o‘zida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.
Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki "Moliyaviy ommaboplik" dasturi doirasida kichik va o‘rta biznesga 100 million dollar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki "yashil" va innovasion loyihalar uchun 200 million dollar, Fransiya taraqqiyot agentligi ayollar tadbirkorligi uchun 30 million yevro ajratmoqda.
Uchrashuvda ushbu tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari so‘zga chiqib, o‘z fikr va takliflarini aytdi.
Davlatimiz rahbari ular vakillik qilayotgan tuzilmalarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi, hamkorlik yanada kengayishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.