Bugun 18 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Fransiya Suriya bilan diplomatik aloqalarni tiklamoqchi

Fransiya Suriya bilan diplomatik aloqalarni tiklamoqchi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi 2012 yilda diplomatik munosabatlar uzilganidan keyin ilk marta Suriyaga to‘rtta diplomat yuborishga qaror qildi. Bu haqida Radio France international xabar bermoqda.

Elchixonaga kelgan diplomatlar haqida AFP muxbiri xabar berdi. Fransiya TIV rahbari Jan-Noel Barro diplomatik aloqalardan maqsad Fransiyaning Suriyadagi «ta’sirini qaytarish» va «aholining gumanitar ehtiyojlarini baholash» ekanligini aytdi. Hozirda Buyuk Britaniya va Germaniya ham yangi hukumatlar bilan munosabatlarni normallashtirishni muhokama qilmoqda.

Fransiya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni 2012 yilda — mamlakatda fuqarolar urushi boshlanganidan bir yil o‘tib uzgan, shuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan Damashq elchixonasini yopgan edi. Shu bilan birga, Suriyada yuzlab fransuz fuqarolari bo‘lgan va hozir ham qolmoqda. Ular bilan bog‘liq masalalar Ruminiya elchixonasi va Fransiyaning Bayrutdagi diplomatik vakolatxonasi orqali hal qilingan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Suriya prezidenti Bashar Asad iste’fosini «varvarlar davlatining qulashi» deya izohlagandi. Fransiya TIV, agar Suriya jamiyatining barcha vakillari manfaatlari hisobga olinsa, «siyosiy o‘tish»da Suriya muxolifatiga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 17:02. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!