Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiya Saudiya shahzodasiga qarshi Qoshiqchi ishi bo‘yicha tergov boshladi

Fransiya Saudiya shahzodasiga qarshi Qoshiqchi ishi bo‘yicha tergov boshladi

Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga nisbatan tergov boshladi. Tergov 2018 yilda saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq.

AFP ma’lumotiga ko‘ra, ishni Fransiyaning insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘yicha maxsus tergov sudyasi o‘z yurituviga olgan.

Jamol Qoshiqchi Saudiya hukumati va Muhammad bin Salmonni tanqid qilib kelgan muxolifatchi jurnalist edi. U 2018 yil 2 oktyabr kuni Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligiga kirganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Keyinchalik Saudiya rasmiylari jurnalist “noto‘g‘ri so‘roq” vaqtida halok bo‘lganini tan olgan. Turkiya prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, Qoshiqchi avval bo‘g‘ib o‘ldirilgan, so‘ng jasadi bo‘laklarga ajratilgan.

Muhammad bin Salmon bir yildan keyin qotillik uning rahbarligi davrida sodir bo‘lgani uchun “to‘liq javobgarlik”ni o‘z zimmasiga olgan, ammo suiqasd rejasidan xabarsiz bo‘lganini aytgan.

2022 yilda “Hozir arab dunyosi uchun demokratiya”, Trial International va “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotlari Fransiya sudiga rasmiy shikoyat kiritgan edi.

Kiritildi: 21:42 16.05.2026. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!