Fransiya Riverasida ikki kun ichida ikkinchi marta elektr ta’minoti uzilgani haqida BBC xabar bermoqda.
Bunga o‘tgan tunda Nitssadagi transformator podstansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in sabab bo‘lgan. Hokimiyat buni atayin yoqib yuborilgan deb hisoblayapti. Bir kun oldin qo‘shni Kann shahrida ham elektr ta’minoti uzilishi yuz bergan bo‘lib, buni sabotaj natijasi deb taxmin qilinmoqda.
Nitssadagi yong‘in yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:00 atrofida boshlanib, kamida 45 ming xonadonni elektrsiz qoldirdi. Nitssa polisiyasining xabar berishicha, shaharning g‘arbiy qismida joylashgan podstansiyada avtomobil shinalarining izi topilgan, eshik esa "buzilgan" ekan. Elektr uzilishidan Nitssa aeroporti, tramvay tarmog‘i va qo‘shni shaharlar ham zarar ko‘rdi. Elektr ta’minoti ertalabgacha tiklandi.