U 2007 yilgi saylovoldi kampaniyasini Liviyadan kelgan mablag‘lar hisobidan noqonuniy moliyalashtirganlikda ayblanyapti. Shuningdek, prokuratura 300 ming yevro miqdorida jarima solish va besh yil muddatga davlat lavozimlarini egallashni taqiqlashni talab qilmoqda.
Avvalroq, Nikolya Sarkozi saylov xarajatlari ishi bo‘yicha shartli ravishda muddatidan oldin ozodlikka chiqarilgani haqida xabar berilgan edi.
Sud 5 may kuni Fransiyaning sobiq prezidentiga shartli ravishda muddatidan oldin ozodlikka chiqish huquqini berishga qaror qilgandi. Sarkozi foydasiga chiqarilgan bu qaror uning yoshi (71 yoshda) bilan bog‘liq va u 7 maydan kuchga kirgan edi. Jazoni o‘tash tartibini yengillatishni Sarkozining o‘zi so‘ragan edi.