Bu haqida The Telegraph xabar berdi.
Emmanuyel Makron tinchlikparvarlar kuchlarni yuborish masalasini BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan 20 mart kuni Yevropa Kengashi sammiti chog‘ida muhokama qilgan.
The Telegraph nashriga ko‘ra, Makron Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan ilgari ishlab chiqqan reja — Yevropa qo‘shinlarini Ukrainaga kiritish rejasiga muqobil variantlarni faol ravishda o‘rganmoqda.
Ukrainaga BMT tinchlikparvar kuchlarini yuborishni tashkilotning Xavfsizlik Kengashi ma’qullashi kerak, biroq Rossiya va, ehtimol, AQSh bu taklifga qarshi chiqishi mumkin.