Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiya polisiyasi Luvrdagi o‘g‘irlikda gumon qilinayotganlardan ikki nafarini qo‘lga oldi

Fransiya polisiyasi Luvrdagi o‘g‘irlikda gumon qilinayotganlardan ikki nafarini qo‘lga oldi

bu haqda Le Parisien xabar bermoqda.

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, gumondorlardan biri kecha, 25 oktyabr kuni kechqurun Parijdagi Ruassi–Sharl de Gol aeroportida, Jazoirga uchadigan samolyotga chiqayotgan paytida ushlangan.

Ikkinchi gumonlanuvchi esa Parij polisiyasi tomonidan Sena–Sen-Deni departamentida qo‘lga olingan.

Ular “uyushgan o‘g‘irlik” va “jinoyat sodir etish maqsadida til biriktirish” moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

Tergovchilarning fikricha, bosqinchilar soni kamida to‘rt nafar bo‘lgan: ikki kishi “Apollon” galereyasiga avtokran yordamida ko‘tarilgan, yana ikki kishi esa ularga skuterlarda qochishiga yordam bergan.

Kiritildi: 22:36 26.10.2025. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!