Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Fransiya parlamenti deputati AQShni XIX asrda Parij tomonidan sovg‘a qilingan Ozodlik haykalini qaytarishga chaqirdi

Fransiya parlamenti deputati AQShni XIX asrda Parij tomonidan sovg‘a qilingan Ozodlik haykalini qaytarishga chaqirdi

Bu haqda France 24 xabar bermoqda.

"Biz zolimlar tomonida turishga qaror qilgan amerikaliklarga, ilmiy erkinlik talabi uchun tadqiqotchilarni ishdan bo‘shatgan amerikaliklarga: "Ozodlik haykalini bizga qaytaring", deymiz. Biz uni sizga sovg‘a qildik, lekin siz undan nafratlanayotgan ko‘rinasiz. Shuning uchun u bu yerda, o‘z uyida, xavfsiz joyda bo‘ladi", – deya ta’kidladi so‘l markazchi siyosatchi Rafael Glyuksman.

Glyuksman Trampni Ukraina va boshqa masalalar bo‘yicha siyosati uchun u tanqid qilgan.

Ozodlik haykali 1886 yilda AQSh Mustaqillik Deklarasiyasining yuz yilligi sharafiga Nyu-York shahrida fransuz xalqining amerikaliklarga sovg‘asi sifatida taqdim etilgan. Ozodlik haykali fransiyalik Ogyust Bartoldi tomonidan tomonidan yasalgan.

Kiritildi: 18:14 17.03.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!