Fransiya Kiprga raketaga qarshi mudofaa tizimlari va uchuvchisiz apparatlarga qarshi vositalar yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kipr axborot agentligi (CNA) xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Parij orol yaqiniga harbiy fregat ham yo‘naltiradi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 3 mart kuni Kipr prezidenti Nikos Xristodulidis bilan muloqotida ma’lum qilgan.
Avvalroq Kipr hukumati orolda joylashgan Akrotiri aviabazasi tomon uchgan dronlar ushlab qolinganini bildirgan edi.
Shuningdek, Gresiya Milliy mudofaa vaziri Nikos Dendias Kiprni himoya qilish uchun ikki harbiy fregat va ikki F-16 qiruvchi samolyoti yuborilishini e’lon qildi.