Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiya katta siyosiy tadbir muddatini o‘zgartirmoqchi

Fransiya katta siyosiy tadbir muddatini o‘zgartirmoqchi

Fransiya "Katta yettilik" (G7) sammitini uning boshlanish sanasi Oq uyda o‘tadigan UFC turniri bilan to‘g‘ri kelmasligi uchun boshqa kunga ko‘chiradi.

Bu haqda Politico manbalarga tayanib xabar berdi.

Avvalroq G7 yetakchilari uchrashuvi 14–16 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq oktyabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp 14 iyun kuni Vashingtonda katta UFC turniri bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Ushbu sana AQShda Bayroq kuniga, shuningdek, Trampning 80 yoshga to‘lishiga to‘g‘ri keladi.

Shundan so‘ng sammit bir kunga kechiktirildi — u 15–17 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

"Prezident Tramp — erkin dunyoning yetakchisi, shu bois hamkorlarimiz uni G7 sammitida juda muhim ishtirokchi, deb hisoblaydi. Ular AQSh prezidenti jadvaliga moslashish uchun sanalarni o‘zgartirishdi", — deya sammit ko‘chirilishini izohladi Oq uy vakili.

Kiritildi: 22:59 10.01.2026. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!