Fransiya janubidagi Od departamentida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘ini 600 gektardan ortiq uzumzorlarni yo‘q qildi, mintaqadagi vinochilar hukumat yordamiga umid qilmoqda.
Bu haqda Sen-Loran-de-la-Kabreriss meri Ksavye de Volonta respublika bosh vaziri Fransua Bayru bilan suhbatda ma’lum qildi.
"Bu qishloq xo‘jaligi va iqtisodiy halokat. 600 gektar uzumzor yonib ketdi", - dedi u.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, viloyat vinochilari so‘nggi uch mavsumdagi qurg‘oqchilik tufayli allaqachon muammolarga duch kelishgan, “lekin bu yil ular yaxshi hosil olishga umid qilishgan, biroq uzum yig‘im-terimiga bir oy qolganda hammasi yong‘inda vayron bo‘lgan”. De Volonta Bayrudan "hukumat vinochilarga jiddiy yordam beradimi yoki yo‘qmi" deb so‘radi, biroq bosh vazir bu haqda javob bermadi.
Avvalroq Fransiya ichki ishlar vaziri Bruno Retayo jurnalistlarga mamlakat janubidagi Od departamentida 16 ming gektar o‘rmonni qamrab olgan yong‘in 1949 yildan beri sodir bo‘lgan eng yirik yong‘in ekanligini ma’lum qilgandi.