Fransiya hukumati Olimpiada o‘yinlari boshlanishi arafasida migrantlar va uysizlarni Parijdan majburan haydab chiqarmoqda. Bu haqda Inside The Games xabar berdi.
Qayd etilishicha, Fransiya hukumati bu noqonuniy xatti-harakatlari uchun jamoatchilik tomonidan tanqid ostiga olingan.
2024 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari Fransiya poytaxti Parijda 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Parij—2024 Olimpiadasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi C guruhidan joy oldi. Vakillarimiz guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi.
Dastlabki o‘yin Ispaniyaga qarshi 24 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.