Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Fransiya Grenlandiyaga qo‘shin yuborishga tayyor

Fransiya Grenlandiyaga qo‘shin yuborishga tayyor

Fransiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning Daniya hududini anneksiya qilish haqidagi takroriy tahdidlariga javoban, Daniya bilan Grenlandiyaga qo‘shin yuborish masalasini muhokama qilganini Fransiyaning tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ma’lum qildi.

Fransuz radiosi Sud Radio'ga bergan intervyusida Barro, Fransiya «armiyani joylashtirishni Daniya bilan muhokama qilishni boshladi» deb aytdi.

💬 «Agar Daniya yordam so‘rasa, Fransiya u yerda bo‘ladi», — dedi u. «Evropa chegaralari suveren. Shimol, janub, sharq yoki g‘arb bo‘lsin, hech kim bizning chegaralarimizga aralashishga haqqi yo‘q».

Barro, shuningdek, Brüsseldagi Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida hamkasblari Kopenhagenga «juda qat’iy qo‘llab-quvvatlashlarini» bildirib, «qo‘shin yuborish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini» ta’kidlashganini qo‘shimcha qildi, lekin AQSh Grenlandiyaga bostirib kirishiga ishonmasligini aytdi.

Barroning bu fikrlari Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksenning Yevropa poytaxtlariga bo‘lgan safari fonida bildirilgan, u o‘zining ittifoqchilaridan Tramp tahdidlariga qarshi qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan.

Kiritildi: 00:54 29.01.2025. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!