Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiya futbol federasiyasi Zidan bilan dastlabki kelishuvga erishdi

A A A
Fransiya futbol federasiyasi Zidan bilan dastlabki kelishuvga erishdi

Fransiyaning futbol bo‘yicha bosh tashkiloti Zinedin Zidanni terma jamoa ustozi etib tayinlaydi.

Afsonaviy futbolchi bilan dastlabki kelishuvga erishildi. U Qatardagi Jahon chempionatidan so‘ng Didye Deshamning o‘rnini egallaydi.

1998 yilda Jahon va 2000 yilda Yevropa chempioni bo‘lgan Fransiya terma jamoasi tarkibida asosiy o‘yinchidardan biri bo‘lgan Zidan "Real"dan ketganidan buyon ishsiz edi. Zidan "qirollik klubi" bilan murabbiy sifatida uch marta Chempionlar Ligasi va uch marta La Ligada zafar quchdi.

Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarish orzusini amalga oshirish uchun yozda PSJning taklifini rad etgan edi.

Kiritildi: 22:55 22.11.2022. O'qildi: 2605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!