Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Fransiya birinchi xonimini haqoratlaganlar sud tomonidan jazolandi

Fransiya birinchi xonimini haqoratlaganlar sud tomonidan jazolandi

Fransiya birinchi xonimi Brijit Makronni “erkak” deb haqoratlaganlar sud tomonidan jazolandi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Agentlikning xabar berishicha, Parij sudi internet tarmog‘i orqali Brijit Makronga qarshi yolg‘on da’volar tarqatgan 10 kishini aybdor deb topgan.

France Info xabariga ko‘ra, sakkiz nafar erkak va ikki nafar ayolga Brijit Makronning jinsi haqida yolg‘on izohlar yozgani hamda uning turmush o‘rtog‘i bilan yoshidagi farqni "pedofiliya"ga tenglashtirgani uchun 8 oygacha qamoq jazosiga hukm qilingan.

Brijit Makron uzoq vaqtdan beri “Jan-Mishel Trognyo” (bu Brijitni akasining haqiqiy ismi) nomi ostida tug‘ilgan degan yolg‘on xaqoratlarga duch kelmoqda. Juftlik orasidagi 24 yillik yosh farqi ham tanqid va masxaralarga sabab bo‘lgan, biroq ular bunga yillar davomida jiddiy e’tibor bermagan.

Bundan tashqari, AQSh sudida “Fransiya birinchi honimi aslida erkak jinsida tug‘ilganligi” haqida da’volarni ilgari surgan amerikalik podkaster Kendis Ouensga qarshi ish ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 20:32 05.01.2026. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!