Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Fransiya AQShga qarshi iqtisodiy strategiya ishlab chiqadi

A A A
Fransiya AQShga qarshi iqtisodiy strategiya ishlab chiqadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh siyosatiga qarshi «Evropada ishlab chiqarilgan» strategiyasini ishlab chiqishga chaqirdi.

«Anadolu» xabariga ko‘ra, Emmanuel Makron quyidagicha bayonot bergan:

Mening fikrimcha, dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlarga, qolaversa AQShning ixtiyoriy siyosatiga o‘z munosabatimizni bildirish uchun «Evropada ishlab chiqarilgan» strategiyasi kerak, bu mutlaqo qonuniydir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington va Yevropa yetakchilari o‘rtasida AQShning inflyasiya bo‘yicha yangi qonunidan norozilik tufayli bo‘linish yuzaga kelgani xabar qilingandi. Fransiya prezidenti Makron Yevropaning AQShga qaramligini kamaytirishga chaqirdi va AQShning inflyasiya qonunini Yevropa kompaniyalariga nisbatan «juda agressiv» deb atadi.

Kiritildi: 21:23 05.01.2023. O'qildi: 2562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!