Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Fransiya 2040 yilgacha robot armiyaga ega bo‘lmoqchi

Fransiya 2040 yilgacha robot armiyaga ega bo‘lmoqchi

Fransiya qurolli kuchlari 2040 yilgacha jangovar robotlarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Loyiha ustida harbiylar, muhandislar, tadqiqotchilar va mudofaa vakillari ish olib bormoqda. Bu haqda The Straits Times xabar berdi.

“Yaqin uch yil ichida qo‘shinlarimizga robotlar kirib kelishi kutilmoqda. Bu misli ko‘rilmagan yangilik bo‘ladi”, dedi armiyaning kelajakdagi jangovar qo‘mondoni general Bruno Baras.

Bir necha hafta davom etgan Parij g‘arbidagi so‘nggi harbiy musobaqada robotlar ham ishtirok etishdi. Oyoqlar, g‘ildiraklar va protektorlar bilan jihozlangan robotlar dushman kuchlariga qarshi turish qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi.

“Kuzatuvdan tortib to minalardan tozalashgacha bo‘lgan vazifalarni robotlar bemalol bajara olishini namoyish etdi”, dedi armiyaning texnik bo‘limi boshlig‘i general Toni Maffeis.

Fransiya armiyasi 2021 yildan beri robotlardan foydalanish borasida tadqiqot o‘tkazib keladi. Ukrainadagi urush va unda qo‘llanilayotgan dronlar urushni qayta shakllantirib, robotlar evolyusiyasini juda tezlashtirdi.

Kiritildi: 22:49 12.05.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!