Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

FQB Trampga suiqasd sababini aniqlay olmayapti

FQB Trampga suiqasd sababini aniqlay olmayapti

AQSh FQBsi prezidentlikka nomzod Donald Trampga suiqasd qilgan 20 yoshli yigitning jinoyati sabablarini aniqlay olmadi.

Federal tergovchilar sobiq prezidentga suiqasd uyushtirishda hech qanday sabab yoki xorijiy aralashuvlarni topmadilar, deya xabar beradi Washington Post.

Mutaxassislar 20 yoshli gumonlanuvchi Tomas Kruksning besh yillik onlayn faoliyatini o‘rganishdi.

Shuningdek, FQB gumonlanuvchining qanday qarashlarga ega ekanligini aytishga hali tayyor emas - u izchil siyosiy yo‘nalishni namoyish etmagan, shuningdek, Internetda turli xil ma’lumotlarni to‘plagan: ular Demokratik va Respublikachi partiyalar qurultoylari, AQSh prezidenti Jo Bayden haqida va hokazo.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Trampga 2024 yil iyul oyida suiqasd uyushtirilgandi. Natijada sobiq prezidenti qulog‘idan yaralandi.

Kiritildi: 23:55 30.08.2024. O'qildi: 1520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!