Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov so‘nggi haftalarda AQShda bir necha bor FQB direktori Kesh Patel va uning o‘rinbosari Den Bonjino bilan yashirincha uchrashdi.
Bu haqda Amerikaning The Washington Post gazetasi manbalarga tayanib xabar bermoqda. Nashrning qayd etishicha, bu uchrashuvlar "yopiq eshiklar ortida" o‘tgan.
"Ushbu uchrashuvlar G‘arb davlatlari rasmiylarini tashvishga soldi, ular hali ham nima maqsadda o‘tkazilganini bilishmaydi," - deyiladi nashrda.