Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

FQB Epshteyn ishiga doir ma’lumotlardan Trampning ismini olib tashladi

FQB Epshteyn ishiga doir ma’lumotlardan Trampning ismini olib tashladi

Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

"AQSh Federal qidiruv byurosi moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarni tahrir qilib, ulardan prezident Donald Tramp va boshqa taniqli shaxslarning ismlari olib tashlandi", deya xabar bermoqda agentlik.

Bloomberg'ning yozishicha, Trampning nomi tegishli fayllarni yakuniy ko‘rib chiqishni o‘tkazayotgan FQB agentlari guruhi tomonidan hujjatlardan o‘zgartirilgan. Ular byuroning “Axborot erkinligi to‘g‘risida”gi qonuni ijrochilari bo‘lib, ularga ish materiallarini ko‘rib chiqish va qaysi hujjatlarni chiqarish mumkinligini aniqlash vazifasi yuklatilgan.

Natijada, avval xabar qilinganidek, FQB xodimlari Epshteyn ishiga doir fayllarni ko‘rib chiqish chog‘ida Tramp va boshqa mashhur kishilarga ko‘plab havolalarni topgan. Ularning ism-shariflarining shunchaki tilga olinishini aybning isboti yoki hatto aloqadorlik, deb hisoblab bo‘lmaydi. Bu odamlarning ismlari qaysi kontekstda tilga olingani noma’lum.

Kiritildi: 20:37 02.08.2025. O'qildi: 1004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!