Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev 7 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi

Bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev 7 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi

2021 yil 26 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida sudlanuvchi F. Arifxodjayev (1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi Z. Nuriddinov raisligida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra F. Arifxodjayev Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mazkur hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, sudlanuvchi tomonidan esa unga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida shu sud orqali Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya tartibida shikoyat berishlari yoki prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin.

Kiritildi: 20:09 26.01.2022. O'qildi: 5645 marta. Fikrlar soni: 23 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!