Meksikalik qilichbozlik ustasi Paola Pliyego O‘zbekiston fuqaroligini qabul qildi. Endi u 2019 yildagi Jahon kubogida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Sportchi Meksikada korrupsiya qurboni bo‘lgani uchun fuqaroligini o‘zgartirishga qaror qilgan.
“Mening harakatim va natijalarimga qaramay, men sport rahbariyati va sizlarning shaxsiy qiziqishlaringiz korrupsiya qurboni bo‘ldim”, degan u Meksika haqida.
Sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali O‘zbekiston nomidan musobaqalarda qatnashishini ma’lum qilgan. Bunga O‘zbekiston yaqin 3 yilda xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaganini sabab qilib ko‘rsatgan.
Xalqaro qilichbozlik federasiyasi saytida Paola Pliyego O‘zbekiston bayrog‘i bilan belgilab o‘qildi. U yozgi Universiada-2019 o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.