Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Fotofakt: Lola Karimova Tillayeva sobiq erkak atletchi Keytlin Jennerning nusxasiga aylanib qolmoqda

Fotofakt: Lola Karimova Tillayeva sobiq erkak atletchi Keytlin Jennerning nusxasiga aylanib qolmoqda

O‘tmishda atlet Bryus Jenner bo‘lgan Keytlin Jenner hamda avvallari lo‘ppigina chiroyli o‘zbek qizi bo‘lgan Lola Karimova Tillayeva bugun xuddi egizaklarga o‘xshab qoldi, deb yozmoqda centre1 nashri. 

 

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova Tillayevaga nima bo‘ldi?

 

Qirqni qarshilagan ayol, uch bolaning onasi va xayriya ishlarida faol Lola tashqi ko‘rinishini "mukammallashtirish"dan o‘zini tiya olmagan ko‘rinadi. Plastik jarrohlar yordamida, albatta.

 

Yuzlardagi natija esa hayratlanarli! Lola 69 yoshli Keytlin Jennerning ikkinchi nusxasiga aylanib qolgan. Bir vaqtlar kuch-qudrat timsoli bo‘lgan, 1976 yilgi olimpiya chempioni Bryus Jennerdan ayolga aylanish uchun ko‘p sonli jarrohlik amaliyotlari o‘tkazganini yashirmaydi. 

Keytlin ham, Lola ham Los-Anjelesda istiqomat qiladi va bitta plastik jarrohning xizmatidan foydalanishi ehtimoldan xoli emas.

 

Bunday bo‘lmagan taqdirda ham, baribir, har bir badavlat ayolning jarrohi va stilisti mijozining yuzida go‘zallikning eng zamonaviy tendensiyalarini aks ettirishga harakat qiladi, natijada ayollarda o‘xshashlik yuzaga keladi.

Lola Karimova Tillayeva instagramga joylagan suratlaridan ko‘rinadiki, u ilgarilari butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lgan.

 

Lola Karimova-Tillyayeva v 2019 i 2009 godax; foto: Instagram

Lola Karimova-Tillayeva 2019 (chapda) va 2009 (o‘ngda) yillarda; foto: Instagram

Eshe bolee rannee foto Loli Karimovoy s suprugom Timurom Tillyayevim

Yanayam avvalroq Lola Karimova turmush o‘rtog‘i Temur Tillayev bilan birga.

Kiritildi: 14:10 18.09.2019. O'qildi: 12559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!