Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

FOTO +18. Amurdagi zavodda yong‘in va Moskvadagi xostelda vafot etgan mehnat migrantlari: o‘zbeklar bormi?

A A A
FOTO +18. Amurdagi zavodda yong‘in va Moskvadagi xostelda vafot etgan mehnat migrantlari: o‘zbeklar bormi?

Bugun Rossiya Federasiyasi Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodida yuz bergan portlash va uning oqibatida yuzaga kelgan yong‘in yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tegishli tashkilotlar vakillari bilan tezkor aloqa o‘rnatdi.

Huquq tartibot idoralari taqdim etgan dastalbki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojea oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yo‘q.

Shuningdek, Moskva shahridagi xostellardan birida mehnat migrantining vafot etgani (https://t.me/breakingmash/28311?single) bilan bog‘liq holat ham O‘zbekiston Respublikasi diplomatik organlari va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan.

Olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan 3 nafar fuqaroning ahvoli qoniqarli.

Ushbu holatlar bo‘yicha tergov tadbirlari rasmiy xulosasi olingach qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 23:33 08.10.2021. O'qildi: 5273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!