"Forsaj" filmining o‘ninchi qismi sotuvining ilk haftasida 319 million dollar daromad oldi.
Yig‘ilgan mablag‘ning 67,5 million dollari AQSh va Kanadadan, 251,4 million dollari esa xalqaro hududlar, jumladan, Xitoydan kelgan. Bu "Forsaj 8" (532 million dollar) va "Forsaj 7" (397,6 million dollar) dan keyin franchayzing tarixidagi uchinchi eng yaxshi debyutdir.
Lenta syujeti Dominik Toretto (Vin Dizel) va uning poygachi oilasining hikoyasini davom ettiradi. Bu safar qahramonlar narkobaron Dantening mash’um o‘g‘li (Jeyson Momoa) bilan to‘qnash kelishadi.