Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Floridadagi tashlandiq istirohat bog‘ida jonli delfinlar topildi

Floridadagi tashlandiq istirohat bog‘ida jonli delfinlar topildi

Amerikaning Florida shtatida hayvonlar huquqlari faollari vayron bo‘lgan attrasionda uzoq vaqt tozalanmagan iflos hovuzlarda suzayotgan bir nechta delfinlarni aniqladi.

Dron tasvirlari rasmiylarning e’tiborini jalb qilishga yordam berdi va shundan keyingina qutqaruv operasiyasi boshlandi. Oxirgi to‘rt delfin xavfsiz joyga olib ketildi.

Bu bog‘ Panama Siti-Bichdagi Gulf World Marine Park bo‘lib, u erda 1970 yildan beri delfinlar shou uchun foydalaniladi. Faollarga ko‘ra, sharoit dahshatli edi.

"Suv butunlay yashil edi! Bu biz ko‘rgan eng yomoni edi ", dedi Tide Breakers.


Oxirgi sakkiz oy ichida istirohat bog‘ida beshta delfin halok bo‘ldi, ulardan biri sakrash vaqtida bo‘ynini sindirib olgan. Bog‘ni boshqaruvchi Dolphin Company bahorda bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan va bog‘ tashlab ketilgan.

Filtrlanmagan hovuzlarni suv o‘tlari bosib ketgan, delfinlar esa yordamsiz qolgan. Hayvonlarning yetti nafari boshqa parkga olib ketilgan, hayvonlar huquqlari faollari uni “boshqa do‘zax” deb atashgan. Qolgan to‘rtta hayvon - Doris, Kitana, Dagni va Ren hukumat qarori bilan zudlik bilan evakuasiya qilindi.

Mutaxassislarning fikricha, delfinlarni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborishning iloji bo‘lmaydi – ular juda zaif va okeanda yashay olmaydi. Endi ular asirlikda qoladilar, ammo veterinarlarning nazorati ostida.

Kiritildi: 08:27 10.06.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!