1 noyabr kuni Floridada Learjet 60 xususiy samolyoti halokatga uchrab, bortidagi 9 kishi halok bo‘ldi.
Qurbonlar orasida amerikalik tadbirkor, Retention_com va RB2B kompaniyalari asoschisi Adam Robinson, uning rafiqasi, ikki farzandi, oilaviy do‘stlari va bolalar enag‘asi bor.
Samolyot Texasdan Bagama orollariga yo‘l olgan bo‘lib, halokatdan so‘ng yong‘in chiqqan. Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan, NTSB tergovni davom ettirmoqda.
Halokat joyi Donald Trampning Mar-a-Lago qarorgohidan taxminan 13 kilometr uzoqlikda joylashgan.