Bugun 10 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Florida tarixidagi eng yirik evakuasiya boshlandi

Florida tarixidagi eng yirik evakuasiya boshlandi

AQShning Florida shtati gubernatori Ron Desantis yaqinlashib kelayotgan “Milton” to‘foni sababli darhol shtat aholisini evakuasiya qilishga chaqirdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

AQSh Federal favqulodda vaziyatlar agentligiga ko‘ra, majburiy yoki tavsiya qilingan evakuasiya haqidagi xabarlar 5,5 milliondan ortiq kishiga yuborilgan. Bu esa Florida tarixidagi eng katta evakuasiya hisoblanadi.

“Ketmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq keting,” – dedi gubernator matbuot anjumanida.

Shuningdek, u Prezident Jo Bayden shtat hokimiyati tomonidan taklif etilgan barcha choralarni qo‘llab-quvvatlaganini va to‘fon oqibatlariga qarshi kurashda AQSh Milliy gvardiyasining 8 mingga yaqin a’zolari jalb qilinishini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, “Milton” 2005 yildan beri Meksika ko‘rfazida kuzatilgan eng kuchli to‘fon hisoblanadi. Bugun, 9 oktyabr kuni u Tampa ko‘rfaziga yetib kelishi kutilmoqda, bu hududda 3,3 milliondan ortiq aholi yashaydi. To‘fonning aniq qayerga urilishi sinoptiklar tomonidan hali aniqlanmagan. Kecha, 8 oktyabr kuni “Milton” AQSh Milliy to‘fonlarni kuzatish markazi (NHC) tomonidan beshinchi shkaladagi to‘fonga aylangani tasdiqlangan.

NHC ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon soatiga 14,5 km tezlikda harakatlanib, shamol tezligi soatiga 287 kilometrgacha yetmoqda. Florida tomon to‘fon yaqinlashishi fonida 1,5 mingdan ortiq aviaqatnovlar bekor qilingan. “Milton” haqidagi ogohlantirishlar shtatda 277 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Xelen to‘fonidan bir hafta o‘tib e’lon qilinmoqda.

Kiritildi: 22:01 09.10.2024. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!