Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Flik Messining "Barselona"ga qaytishiga qarshi chiqdi

Flik Messining "Barselona"ga qaytishiga qarshi chiqdi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lionel Messining klubga qaytishiga qarshi chiqmoqda.

Avvalgi yillarda bo‘lgani kabi OAVda argentinalik futbolchi kataloniyaliklar safiga mavsumlar oralig‘ida qisqa muddatli ijara asosida o‘tishi mumkinligi haqida faol gap-so‘zlar yuribdi. El Nacional xabariga ko‘ra, Flik bunday kelishuvga qat’iyan qarshi.

Germaniyalik murabbiyning fikricha, klubning 38 yoshli afsonasini o‘z safiga qo‘shib olish yaxshilikka olib kelmaydi. Lionel Messi 2021 yilda "Barselona"ni tark etib, erkin agent sifatida "PSJ"ga o‘tgandi.

AQShda yulduz hujumchi 2023 yildan beri o‘ynamoqda. Yaqinda "Oltin to‘p"ning sakkiz karra sohibi "Kamp Nou"ga tashrif buyurdi va bu qaytish haqidagi mish-mishlarga yangi sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 09:58 13.11.2025. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!