Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Fleshka tarixi haqida nimalarni bilasiz?

A A A
Fleshka tarixi haqida nimalarni bilasiz?

"Fleshka"ning dastlabki namunasi 1984 yilda Yaponiyalik "Toshiba" kompaniyasi muhandisi Fudzio Masuoka tomonidan ishlab chiqilgan.

"Fleshka" nomi ingliz tilidagi "flash" - (chaqnash) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, muallif undagi ma’lumotlarni bir zumda o‘chira olishi mumkinligiga qiyoslanib nomlangan.

Barchaga tanish zamonaviy fleshkalar 1999 yilda "M-Systems" kompaniyasi muhandislari tomonidan ixtiro qilingan.

1999 yil 5 aprel kuni AQShda "fleshka"ni keng hajmda ishlab chiqarish uchun patent olingan. Birinchi "IBM" logotipi tushirilgan fleshka 2000 yil sentyabr oyida ommaga taqdim etilgan.

Sotuvga chiqarilgan birinchi fleshkalar 8 Mb xotiraga ega bo‘lib, 50 AQSh dollarida narxlangan.

Fleshkaning dastlabki namunalarida ma’lumotlarni qayta yozish cheklanganligi sababli foydalanuvchilarga bir qancha noqulayliklar keltirib chiqargan.

Bugungi kunda, biz uchun oddiy sanalgan standart fleshka esa 8 Gb xotira ega bo‘lib, 100 000 martagacha ma’lumot yozish mumkin.

Kiritildi: 18:32 14.01.2025. O'qildi: 1990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!