Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fiso NATO sammiti mamlakatlarni Ukrainani moliyalashtirishga majbur qilmasligini aytdi

Fiso NATO sammiti mamlakatlarni Ukrainani moliyalashtirishga majbur qilmasligini aytdi

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso 7—8 iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitining yakuniy deklarasiyasi alyansga a’zo davlatlar zimmasiga Ukrainaga moliyaviy yordam ajratish majburiyatini yuklamasligini ma’lum qildi.

«Anqarada qabul qilinadigan deklarasiya NATOga a’zo bo‘lgan birorta ham davlatni Ukraina manfaatlari yo‘lida qandaydir moliyaviy qaror qabul qilishga majburlamaydi», — dedi Fiso Slovakiyaning TA3 telekanali orqali jonli efirda uzatilgan matbuot anjumanida.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, u Slovakiya Kiyevni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash sxemalarida ishtirok etish niyatida emasligi haqida NATO Bosh kotibi Mark Ryutteni oldindan ogohlantirgan.

Fiso Bratislava Ukrainaga insonparvarlik yordami ko‘rsatishga tayyorligini, biroq harbiy xarajatlarni moliyalashtirmasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Kiritildi: 23:52 05.07.2026. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!