Fuqaro B.K. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga 2 ming AQSh dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qiladi. Shuning evaziga 24,7 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.