Finlyandiyaning Laplandiya hududida yaratilayotgan NATO bazasi Shvesiya qo‘mondonligi ostida bo‘ladi.
Bu haqda MTV3 telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
"Shvesiya bazani boshqarish va qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilish uchun javobgar bo‘ladi. Finlyandiyaga 20-50 nafar shved zobiti yuborilishi, baza xodimlari esa asosan shvedlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bu Finlyandiyaga mamlakatning janubiy qismini himoya qilishga e’tibor qaratish imkonini beradi", deyiladi xabarda.