Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Finlyandiyadagi 3 ta aeroport Rossiyaning GPS signallarini to‘sib qo‘yishi sababli samolyotlarni qo‘ndirish uchun radionavigasiya uskunasidan foydalanishga o‘tdi

Finlyandiyadagi 3 ta aeroport Rossiyaning GPS signallarini to‘sib qo‘yishi sababli samolyotlarni qo‘ndirish uchun radionavigasiya uskunasidan foydalanishga o‘tdi

Finlyandiyadagi 3 ta aeroport Rossiyaning GPS signallarini to‘sib qo‘yishi sababli samolyotlarni qo‘ndirish uchun radionavigasiya uskunasidan foydalanishga o‘tdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Radionavigasiya uskunalari Yoyensuu va Savonlinna shaharlari aeroportlarida foydalanilmiqda, yaqinda Lappeenranta aeroportida ham ushbu uskunadan foydalanish boshlanadi. Radionavigasiya uskunasidan foydalanishda GPS signallari talab etilmaydi.

Finlyandiyaning Traficom transport va aloqa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aviasiya sanoati har kuni turli darajadagi sun’iy yo‘ldosh navigasiya tizimidagi nosozliklarni boshdan kechirmoqda.

Joriy yilning boshida Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya Federasiyasi Boltiq dengizi mintaqasida GPS signallarini to‘sib qo‘yayotgani haqida e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 09:08 09.11.2024. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!