Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Finlyandiyada uchuvchilar ish tashlashi sababli 300 ga yaqin reys bekor qilindi

Finlyandiyada uchuvchilar ish tashlashi sababli 300 ga yaqin reys bekor qilindi

Finlyandiyaning Finnair aviakompaniyasi uchuvchilar kasaba uyushmasining ish tashlashi sababli 9 va 13 dekabr kunlari 300 ga yaqin reysni bekor qilmoqda. Bu haqida «Ria Novosti» xabar bermoqda.

Finnair Finlyandiya uchuvchilar ittifoqi (SLL) noroziligi tufayli parvozlarni bekor qilishga majbur. Ish tashlash doirasida uchuvchilar 9 va 13 dekabr kunlari parvozlarni amalga oshirmaydi. Shu kunlarda Jami 300 ta bekor qilinadi, — deyiladi jamoat telekanalida.

Ta’kidlanishicha, ish tashlash tufayli parvozlarni bekor qilinishi 33 mingga yaqin aviakompaniya mijozlariga ta’sir qiladi.

O‘tgan yilning dekabr oyidan beri Finlyandiyada ish tashlashlar turli sohalarda, xususan, bolalar bog‘chalaridan tortib sanoat ishlarigacha bo‘lgan sohalarda o‘tkazilmoqda. Kasaba uyushmalari bosh vazir Petteri Orponing pensiyalar, kasallik ta’tillari va ishsizlik nafaqalari, sug‘urta mukofotlari, ishdan bo‘shatishni soddalashtirish, ish tashlashlar muddatini qisqartirish va boshqa masalalarga taalluqli kabinet islohotlariga norozilik bildirmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:42. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!