Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Finlyandiyada 50 dan ortiq avtomobil ishtirokida yirik avariya sodir bo‘ldi

Finlyandiyada 50 dan ortiq avtomobil ishtirokida yirik avariya sodir bo‘ldi

Bu haqda Yle xabar bermoqda.

Laxti shahri hududida juda qalin tuman va nol harorat natijasida trassada sezilar-sezilmas muzlama paydo bo‘lgan. Sirpanchiq yo‘l va yomon ko‘rinish sharoitida o‘nlab avtomobillar ishtirokida bir qator "zanjirli" YTHlar sodir bo‘ldi.

Polisiya ma’lumotlariga tayanib xabar qilinishicha, avariyaga to‘satdan yuzaga kelgan kuchli tuman va muzlamalar sabab bo‘lgan.

Hodisa oqibatida 12 kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lum qilinishicha, avariyaga Yle jurnalisti ham uchragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tuman juda kutilmaganda tushgan va yo‘l darhol muz maydoniga aylangan.

Kiritildi: 23:35 18.10.2025. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!